Filippinlik afsonaviy bokschi Manny Pacquiao revansh jangi bo‘yicha muzokaralar anchadan beri davom etganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, amerikalik raqibi Floyd Mayweather Jr. dastlab jangni ko‘rgazmali formatda o‘tkazishni taklif qilgan, biroq aynan shu masala uzoq vaqt kelishuvga to‘sqinlik qilgan.
“Oldin u ko‘rgazmali jangni xohladi, lekin men bunga rozi bo‘lmadim. Men haqiqiy jangni istadim — aynan shunday jangni. Bu to‘qnashuv meni juda hayajonlantirmoqda. Men hali ham faolman, u esa nafaqadan qaytib yana ringga chiqishga qaror qildi. 2015 yilgi jangdan ko‘p saboq oldim. Hozir ikkovimiz ham ancha dono bo‘ldik va jangga qanday yondashishni yaxshi tushunamiz. Bu safar bahonalar bo‘lmaydi, ayniqsa jismoniy holatim borasida. Men jangga tayyorman”, — dedi Pakyao ESPN telekanalining Sports Center dasturida.
Pakyao 11 yil avvalgi mag‘lubiyatini yelkasidagi jarohat hamda raqibining ochiq almashinuvga bormagani bilan izohlagan edi. Endilikda esa 47 yoshli filippinlik va 49 yoshli amerikalik yana ringda uchrashishga tayyor.
