Insayder: Kristian Horner «Aston Martin» aksiyadoriga aylanish taklifini olgan - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Insayder: Kristian Horner «Aston Martin» aksiyadoriga aylanish taklifini olgan

Sky Sports muxbiri Craig Slater Formula-1’dagi taniqli menejer Christian Hornerning kelajakdagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

Uning aytishicha, vaziyat shunday rivojlanishi mumkin ediki, mashhur muhandis Adrian Newey jamoa egasi Lawrence Strollga «Aston Martin» jamoasi boshqaruvi uchun Horner zarur emasligi haqida ishora bergan bo‘lishi mumkin.

«Biz aniq bilamizki, Hornerga “Aston Martin” aksiyadoriga aylanish va jamoada rahbarlik lavozimini egallash bo‘yicha taklif tushgan. Ammo hozir Horner va uning hamkorlari “Alpin” jamoasi bo‘yicha so‘rov yuborishgan. Ularni sotuvga qo‘yilgan Otro Capital aksiyalar paketi qiziqtirmoqda. Sentyabrga borib aksiyalarni sotib olish shartlari o‘zgarishi mumkin, shu sabab ular o‘sha vaqtgacha qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi», — dedi Slater.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Horner Formula-1’dagi faoliyatini yangi loyiha orqali davom ettirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.