Usik — Verxuven jangida WBC chempionlik kamari himoya qilinmaydi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Usik — Verxuven jangida WBC chempionlik kamari himoya qilinmaydi

WBC prezidenti Mauricio Sulaiman superog‘ir vazn chempioni Oleksandr Usyk va Glory’ning sobiq chempioni, niderlandiyalik Rico Verhoeven o‘rtasidagi bo‘lajak jangda WBC chempionlik kamari o‘rtaga qo‘yilmasligini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Misrning Giza shahridagi piramidalar yonida 23-may kuni o‘tkaziladigan jang maxsus shou maqomida bo‘ladi.

«WBC ushbu krossover jangni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu WBC’ning “maxsus voqeasi” bo‘ladi va biz Misr piramidalari elementlari aks etgan noyob kamar yaratamiz. Avval ham Fyuri — Nganunu jangini qo‘llab-quvvatlaganmiz va u juda raqobatbardosh kechgandi. Riko — og‘ir vazndagi afsonaviy kikboksing chempioni va biz unga katta hurmat bilan qaraymiz. Hozircha to‘liq WBC kamarini himoya qilish masalasi muhokama qilinmagan, faqat WBC og‘ir vazn chempioni ishtirokidagi maxsus jang haqida gap ketmoqda», — dedi Sulaiman.

Jang professional boks va kikboks yulduzlari ishtirokidagi yirik krossover to‘qnashuv sifatida tashkil etilmoqda.