Usik professional boksdagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Usik professional boksdagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Oleksandr Usyk professional boksdagi faoliyatini qachon tugatishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Og‘ir vaznda WBA, WBC, IBF va IBO kamarlariga ega bo‘lgan ukrainalik bokschi so‘zlariga ko‘ra, u yana taxminan bir yarim yil ringda qoladi.

“Yana bir yarim yil — va Usik… Men muxlislarim, murabbiylarim va 2012-yildan beri meni kuzatib kelayotgan barcha insonlar uchun maxsus video yozadigan kunni allaqachon belgilab qo‘yganman”, — dedi bokschi o‘zining USYK17 YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi jang 20-iyul kuni Londondagi Wembley Stadiumda bo‘lib o‘tgan va unda Usik britaniyalik Daniel Duboisni 5-raundda nokaut bilan mag‘lub etgan. Ushbu jang mutlaq jahon chempioni unvoni uchun revansh bahsi edi.