Usik Fyuri bilan trilogiya jangiga tayyormi? — javob berdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Usik Fyuri bilan trilogiya jangiga tayyormi? — javob berdi

Superog‘ir vaznda WBA, WBC, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha amaldagi va mag‘lubiyatsiz jahon chempioni, 39 yoshli ukrainalik Aleksandr Usik britaniyalik mashhur bokschi Tayson Fyuri bilan uchinchi jang bo’ladimi?

«Buni inkor qilib bo‘lmaydi. Bu sodir bo‘lishi mumkin, ammo bunga yetib kelishimiz kerak. U ham xohlaydi, bilaman — men uning menejeri bilan gaplashganman», — dedi Usik o‘zining USYK17 YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Usikning so‘nggi jangi 20-iyul kuni Angliyaning London shahridagi «Uembli» stadionida Daniel Dyubua ga qarshi bo‘lib o‘tgan. Aleksandr beshinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongan. Bu bokschilar o‘rtasidagi revansh jangi bo‘lib, unda superog‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni o‘rtaga qo‘yilgandi.