Logan Pol: “Meyvezer meni 1,5 mln dollarga ‘tashlab ketdi’” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Logan Pol: “Meyvezer meni 1,5 mln dollarga ‘tashlab ketdi’”

30 yoshli amerikalik bloger va restler Logan Paul sobiq jahon chempioni Floyd Mayweather Jr. bilan 2021 yilda o‘tkazilgan jang uchun hali ham 1,5 million dollar ololmaganini ma’lum qildi.

Polning aytishicha, Meyvezer jang huquqlarini Yaqin Sharqdagi (taxminan Dubay) kompaniyaga 10 million dollarga sotgan, biroq keyinchalik jang AQShda boshqa promouter tomonidan tashkil etilgan.

“U mening ishtirokimdagi jang huquqlarini bir kompaniyaga 10 million dollarga naqd pulga sotgan. Ammo oxir-oqibat biz jangni AQShda boshqa kompaniya bilan o‘tkazdik. U esa allaqachon jang huquqlarini boshqa tomonga sotib yuborgan edi.

Biz kelishuvga ko‘ra men 15% olishim kerak edi, lekin u meni tashlab ketdi. 10 million to‘lagan kompaniya hozir u bilan sudlashmoqda. Uning hozir juda ko‘p yuridik muammolari bor. Ochig‘i, men pulimni qachondir olishimga ishonmayman”, — dedi Logan Pol The Iced Coffee Hour podkastida.