41 yoshli britaniyalik poygachi, Scuderia Ferrari jamoasi a’zosi Lewis Hamilton o‘z hayotida kimlarni qahramon deb bilishini aytib o‘tdi.
“Nelson Mandelaning tarjimai holini o‘qib ko‘ring. Uning hayotini o‘rganishni boshlaganimda, u meni nihoyatda ilhomlantirdi. Mandela — mening qahramonim. U bilan bir qatorda Muhammad Ali, Superman va Ayrton Sennani ham qahramon deb bilaman”, — dedi Xemilton nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Lewis Hamilton Formula One tarixidagi eng muvaffaqiyatli poygachilardan biri hisoblanadi. U yetti karra jahon chempioni bo‘lib, “qirollik poygalari”dagi faoliyatini 2007-yilda boshlagan.
Britaniyalik haydovchi Formula-1 tarixida 100 ta g‘alaba va 200 ta podium natijasiga erishgan ilk poygachi bo‘lgan. Shuningdek, u Formula-1 tarixidagi ilk qora tanli asosiy poygachi sifatida ham tarixga kirgan.
