Formula 1 2026 yilgi mavsumining ochilish bosqichi — Australian Grand Prix oldidan Melbourne shahrida birinchi erkin mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Sessiya yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi vaqtni Scuderia Ferrari jamoasi piloti Charles Leclerc qayd etdi.
Ikkinchi natijani uning jamoadoshi, yetti karra jahon chempioni Lewis Hamilton ko‘rsatdi. Kuchli uchlikni esa Red Bull Racing piloti, to‘rt karra jahon chempioni Max Verstappen yakunladi.
Amaldagi jahon chempioni Lando Norris (McLaren) esa sessiyada faqat 19-natijani qayd etdi.
Formula-1. Avstraliya Gran-prisi. 1-mashg‘ulot natijalari:
1. Charles Leclerc (Ferrari) — 1:20.267
2. Lewis Hamilton (Ferrari) +0.469
3. Max Verstappen (Red Bull) +0.522
4. Isack Hadjar (Red Bull) +0.820
5. Arvid Lindblad (Racing Bulls) +1.046
6. Oscar Piastri (McLaren) +1.075
7. George Russell (Mercedes) +1.104
8. Andrea Kimi Antonelli (Mercedes) +1.109
9. Gabriel Bortoleto (Audi) +1.429
10. Nico Hülkenberg (Audi) +1.802
