Aston Martin F1 Team jamoasi pilotlari yangi Honda dvigatelidagi kuchli vibratsiyalarga qarshi noodatiy usuldan foydalangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda AutoRacer jurnalisti Giuliano Duchessa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
“‘Aston Martin’ duch kelayotgan muammolar ham aniq, ham biroz tragikomik. Eshitishimcha, testlar vaqtida jamoa pilotlari birdaniga uch yoki to‘rtta saqichni chaynab, uni go‘yoki sportchilar foydalanadigan kapa kabi ishlatishgan. Bu usul bilan ular shassi bilan rezonans hosil qilayotgan ‘Honda’ dvigateli vibratsiyalariga qarshi turishga harakat qilishgan”, — deb yozdi Duchessa.
