Laporta Xavining tanqidiga javob qaytardi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Laporta Xavining tanqidiga javob qaytardi

FC Barcelona prezidentligiga nomzod Joan Laporta klub sobiq bosh murabbiyi Xavi tomonidan bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

“Xavida bo‘lgan va u nazoratni yo‘qotgan o‘sha futbolchilar bilan Hansi Flick g‘alaba qozonmoqda”, — dedi Joan Laporta. Uning so‘zlarini El Chiringuito de Jugones keltirdi.

Avvalroq Xavi klub rahbariyatini o‘z faoliyati davomida jamoa tarkibini yetarli darajada kuchaytirmagani uchun tanqid qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Xavi FC Barcelonani 2021 yildan 2024 yilgacha boshqargan. Bu davr ichida u jamoa bilan La Liga chempionligi hamda Supercopa de Españani qo‘lga kiritgan.