Jon Jons Dana Uaytning so‘zlariga javob qaytardi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Jon Jons Dana Uaytning so‘zlariga javob qaytardi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jones tashkilot rahbari Dana Whitening uning White Houseda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turnirda jang qila olmasligi haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq Dana Uayt 14-iyun kuni Washington, D.C.da o‘tkaziladigan turnirda Jonsning ishtirok etish ehtimoli bo‘lmaganini aytgandi.

“Demak, muzokaralarning hammasi shunchaki bema’ni gap bo‘lgan ekan. Siz meni omma oldida shuni tan olishimni xohlaysizmi? Men UFC’dan bo‘shatildimmi?” — deb yozdi Jon Jones ijtimoiy tarmoqlarda.

38 yoshli amerikalik sportchi UFC tarixidagi eng mashhur jangchilardan biri hisoblanadi. U og‘ir vazn (120 kg gacha) chempioni bo‘lgan, shuningdek yarim og‘ir vazn (93 kg gacha) toifasida ikki marta chempionlikni qo‘lga kiritgan.