Noussair Mazraoui Manchester United FC sobiq futbolchisi Jonny Evans ning jamoa murabbiylar shtabiga qo‘shilgani haqida fikr bildirdi. Hozirda Evans klub bosh murabbiyi Michael Carrick shtabida ishlamoqda.
— Klubda Jonni Evans ishlayapti, sen esa o‘tgan mavsumda u bilan birga o‘ynagansan. Endi u murabbiy bo‘lganidan keyin munosabatlaringiz o‘zgardimi?
— Bu biroz qiziq holat, — dedi Mazraui. — Men bu o‘zgarishni Afrika kubogidan qaytgach sezdim. Jonni bilan oldin jamoadosh sifatida yaxshi munosabatda edik. Birga o‘ynagan paytimizda ko‘p gaplashardik. Endi esa uni boshqa rol — murabbiy sifatida ko‘ryapman. Yoshi katta bo‘lgani uchun hamma uni juda hurmat qiladi, shu jihatdan deyarli hech narsa o‘zgarmagan.
Mazraui so‘zlariga ko‘ra, Evans bilan munosabatlar avvalgidek yaxshi saqlanib qolgan. Bu haqda Manchester United FC rasmiy sayti xabar berdi.
