Jon Jons Dana Uaytga: “Agar men tugagan bo‘lsam, shartnomani bekor qiling” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Jon Jons Dana Uaytga: “Agar men tugagan bo‘lsam, shartnomani bekor qiling”

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jones UFC rahbari Dana White ning bayonotidan so‘ng keskin fikr bildirdi. Avvalroq Uayt Jons UFC Freedom 250 turnirida hech qachon ko‘rib chiqilmaganini aytgan edi.

Jons esa UFC bilan ushbu jang bo‘yicha haqiqiy muzokaralar bo‘lganini va hatto gonorarini kamaytirishga ham rozi bo‘lganini ta’kidladi. Uning aytishicha, son bo‘g‘imidagi artrit jang qilishiga to‘sqinlik qilmaydi.

“Agar UFC meni ‘tugagan’ deb hisoblasa, unda shartnomamni bugunoq bekor qilsin”, — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Avvalroq Jons turnirda Alex Pereira bilan jang qilishi mumkinligi aytilgandi. Ammo yakunda Pereyra og‘ir vaznda vaqtinchalik kamar uchun Ciryl Gane ga qarshi jang qiladi. Turnirning asosiy jangi esa Ilia Topuria va Justin Gaethje o‘rtasida bo‘ladi.