Lamin Yamal “Barselona” tarixida Chempionlar ligasi rekordini o‘rnatdi
Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar vingeri Yevrokuboklar tarixida klub nomidan eng kech urilgan penalti goliga mualliflik qildi.
2025/2026 yilgi Chempionlar ligasi 1/8 finali ilk uchrashuvida Newcastle Unitedga qarshi o‘yinda (1:1) 18 yoshli futbolchi 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirdi. Penalti Malick Thiaw tomonidan Dani Olmoga nisbatan qoida buzilgani sabab belgilangan edi.
Yamal gol urgan paytda tablo 95:50 ni ko‘rsatib turgan edi. Bu — FC Barcelonaning Chempionlar ligasi tarixida penaltidan urilgan eng kech gol sifatida qayd etildi.
