Topuriya menejeri Makhachevga javob qaytardi: “Men 18 kg ozdim” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Topuriya menejeri Makhachevga javob qaytardi: “Men 18 kg ozdim”

Ilia Topuria ning menejeri Malki Kawa ijtimoiy tarmoqlarda Islam Makhachev tomonidan aytilgan gaplarga javob berdi. Avvalroq Makhachev Topuriyaning menejerini “semiz” deb masxara qilgan edi.

Avvalroq Makhachev ijtimoiy tarmoqlardagi bahs vaqtida shunday yozgandi:
“Senining semiz menejering men bilan jang uchun milliardlab pul so‘ramasin, biz bu jangni bepul ham tashkil qilamiz.”

Kawa esa bu gaplarga hazilomuz tarzda X (sobiq Twitter) tarmog‘ida javob qaytardi.

“Jin ursin, men 18 kilogramm vazn tashladim. Nega Ali Abdelaziz hali ham meni semiz deb atayapti?” — deb yozdi u.

Ma’lumot uchun, Islam Makhachev qo‘lidan olgan jarohati sabab UFC ning 14-iyun kuni Oq uy hududida o‘tkaziladigan UFC Freedom 250 turnirida qatnasha olmaydi.