Peres: “Red Bull”dagi ish menga qiyin bo‘lgan, “Cadillac”da mening fikrimni ko‘proq qadrlashadi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Peres: “Red Bull”dagi ish menga qiyin bo‘lgan, “Cadillac”da mening fikrimni ko‘proq qadrlashadi

“Meksikalik” “Cadillac” pilotı Serxio Peres mavsum boshidagi tajribalari haqida fikr bildirdi.

“Oxirgi olti oyim Red Bull’da har jihatdan qiyin kechdi. Men tanaffusga muhtojligimni his qildim. Ba’zi narsalarni tashqaridan ko‘rish mumkin emas edi, lekin ketganimdan keyin ularni angladim.

O‘zimni boshqacha his qilyapmanmi? Albatta. Mashina qanday ishlab chiqilayotganini ko‘ryapman, biz bir yo‘nalishda harakat qilayapmiz va bu yordam beradi. Va men albatta sezaman, mening fikrim hozir ancha qadrlanadi”, — deydi Peres, Motorsport nashriga bergan intervyusida.