Turnir 26 aprel kuni Las-Vegas (AQSh) shahrida bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi jurnalist Leo Gimaraesh.
Sterlingning raqibi amerikalik Yussef Zalal bo‘ladi. Jang polu-yengil vazn toifasida (65 kg gacha) o‘tkaziladi.
Aljameyn Sterling 36 yoshda. U UFCda 2014 yilda debyut qilgan. Prestijli tashkilotdagi umumiy hisobida 17 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat mavjud.
Yussef Zalal 29 yoshda. U UFCda 2020 yilda debyut qilgan. Prestijli tashkilotdagi hisobida 8 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etilgan.
