Arteta: “Javob o‘yinida oddiy jihatlarda yanada samaraliroq bo‘lishimiz kerak” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Arteta: “Javob o‘yinida oddiy jihatlarda yanada samaraliroq bo‘lishimiz kerak”

Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta UEFA Champions League 1/8 final bosqichida Bayer ga qarshi o‘tkazilgan ilk uchrashuv (1:1) natijasi hamda 17-mart kuni bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini haqida fikr bildirdi.

“Javob o‘yini uchun rejamiz qanday? Avvalo, qaysi jihatlarni yaxshilashimiz mumkinligini tahlil qilamiz va yana qanday imkoniyatlar yaratish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, birinchi o‘yinda unchalik yaxshi chiqmagan oddiy elementlarda yanada samaraliroq bo‘lishga harakat qilamiz.

Burchak to‘pidan keyin gol o‘tkazib yuborganimizdan hafsalam pir bo‘ldimi? Futbolda har doim vaziyatning ikki tomoni bo‘ladi. Bir tomondan, raqib bizning zaif tomonimizdan foydalandi. Ikkinchi tomondan esa ayb o‘zimizda — biz vaziyatda noto‘g‘ri o‘ynadik va raqib bundan foydalanib ketdi”, — dedi Arteta klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.