Sobiq jahon chempioni Tyson Fury agar Oleksandr Usyk va Mike Tyson faoliyatining eng yaxshi davrida o‘zaro jang qilsa, kim g‘alaba qozonishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Britaniyalik bokschi bu savolga javob berar ekan, tanlov oson emasligini aytdi, ammo baribir Mayk Tayson tarafini tanladi.
“Bu qiyin tanlov, ikkalasi ham o‘z pikki davrida bo‘lsa. Lekin men baribir o‘z yigitimni tanlayman — Mayk Tayson”, — dedi Fyuri Boxing News nashriga.
Hozir 37 yoshda bo‘lgan Fyurining professional rekordida 34 g‘alaba (24 tasi nokaut bilan), 2 mag‘lubiyat va 1 durang bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uning navbatdagi jangi rossiyalik bokschi Arslanbek Makhmudovga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
