Eron matbuot xizmati AQSh prezidenti Donald Trumpning Eron jamoasining 2026 FIFA World Cupda ishtirok etishi maqsadga muvofiq emasligi haqidagi fikrlariga rasmiy bayonot bilan javob berdi.
Avvalroq Tramp Eron milliy jamoasining mundialda qatnashishi xavfsizlik nuqtayi nazaridan muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini aytgan edi.
Eron terma jamoasi esa bunga javoban quyidagilarni ma’lum qildi:
“Jahon chempionati — bu xalqaro miqyosdagi tarixiy sport voqeasi bo‘lib, uni biror davlat emas, balki FIFA tashkil etadi.
Eron terma jamoasi ham ketma-ket g‘alabalar orqali ushbu turnirga to‘liq haqli ravishda yo‘llanma oldi va mundialga chiqqan ilk jamoalardan biri bo‘ldi.
Hech kim Eron terma jamoasini jahon chempionatidan chetlashtira olmaydi. Aksincha, agar mezbon davlat ishtirokchi jamoalar xavfsizligini ta’minlay olmasa, aynan o‘sha davlatning o‘zi mezbonlik huquqidan mahrum etilishi kerak.”
