Dana Uayt: Oq uyda o‘tadigan UFC turniri uchun chiptalar bepul bo‘ladi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Dana Uayt: Oq uyda o‘tadigan UFC turniri uchun chiptalar bepul bo‘ladi

UFC prezidenti Dana White AQSh prezidentining rasmiy qarorgohi — Oq Uy hududida o‘tkaziladigan UFC turniri uchun chiptalar siyosati haqida ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, turnir 14–15 iyun kechasi o‘tkaziladi va tomoshabinlar uchun chiptalar mutlaqo bepul bo‘ladi.

“Biz taxminan 85 ming tomoshabin uchun joy tayyorlayapmiz va chiptalar bepul bo‘ladi. Yaqin orada ularni qanday tarqatishimizni ham e’lon qilamiz”, — dedi Uayt UFC’ning ijtimoiy tarmoqlardagi videosida.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, turnirning asosiy jangi yengil vazn chempionligi uchun bo‘ladi. Unda amerikalik Justin Gaethje hamda ispan-gruzin jangchisi Ilia Topuria o‘zaro to‘qnash keladi.