Italiyaning SS Lazio klubi bosh murabbiyi Maurizio Sarri bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Nicolò Schira ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Sarri va klub rahbariyati o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. Shu sababli tomonlar yozda amaldagi shartnomaga qaramay hamkorlikni yakunlashi mumkin.
Hozirgi shartnoma 2028-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, murabbiy yiliga 2,5 million yevro maosh va bonuslar oladi.
Ayni paytda “Latsio” Serie A 2025/2026 mavsumida 28 ta o‘yindan so‘ng 37 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. Turnir jadvalida esa Inter Milan 67 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
