Dana Uayt: “Chimaev uchun nechta qo‘riqchi kerak bo‘ladi?” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Dana Uayt: “Chimaev uchun nechta qo‘riqchi kerak bo‘ladi?”

UFC prezidenti Dana White o‘rta vazn chempionligi uchun bo‘ladigan Khamzat Chimaev va Sean Strickland o‘rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.

Ushbu titul jangi 9-may kuni AQShning New Jersey shtatida bo‘lib o‘tadigan UFC 328 turnirining asosiy jangi bo‘ladi.

“Asosiy jang — odamlar uzoq kutgan to‘qnashuv. Strickland so‘nggi jangida juda yaxshi ko‘rindi. Qiziq, Chimaev uchun nechta qo‘riqchi kerak bo‘ladi?” — dedi Uayt UFCga bergan intervyusida.

31 yoshli Chimaev 2020-yilda UFCda debyut qilgan. Chechenistonlik jangchi 2025-yilda o‘rta vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

Hozirga qadar u UFC’da 9 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.