Arteta: “Biz Sakaga to‘liq ishonamiz va uni juda qadrlaymiz” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Arteta: “Biz Sakaga to‘liq ishonamiz va uni juda qadrlaymiz”

Londonning Arsenal klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa vingeri Bukayo Sakaning jamoa muvaffaqiyatlaridagi hissasini yuqori baholadi.

“Biz unga to‘liq ishonamiz va uni juda qadrlaymiz. U biz uchun va bu klub uchun qilayotgan ishlar uning yoshi uchun shunchaki aql bovar qilmaydi. U jamoaga juda katta ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda. Uning kuchi va jamoaga berayotgan impulsi haqiqatan ham hayratlanarli”, — dedi Arteta Arsenal rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Bukayo Saka barcha musobaqalarda Arsenal safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ayni paytda londonliklar Premier Liga turnir jadvalida 67 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.