Eden Azar: “Men har doim Messini tanlaganman” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Eden Azar: “Men har doim Messini tanlaganman”

Madridning Real Madrid klubi sobiq vingeri Eden Hazard futbol tarixidagi ikki buyuk yulduz — Lionel Messi va Cristiano Ronaldo haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Men har doim Messini tanlaganman, chunki u ifodalaydigan futbol — bu menga yoqadigan futbol. Albatta, men Real Madrid muxlisi bo‘lganim uchun Ronalduni ham aytishim mumkin edi. Ammo Krishtianu ko‘proq buyuk to‘purar va aql bovar qilmas atlet. Messining futboli esa mening didimga ko‘proq mos keladi.

Unga qarshi o‘ynaganingda, bir payt kelib shunchaki ‘vau’ deysan. Biz juda omadlimiz — deyarli 20 yil davomida uning o‘yinini jonli kuzatish imkoniga ega bo‘lgan davrda yashadik”, — dedi Azar RTBF nashriga bergan intervyusida.