Formula 1 taqvimidan Bahrain Grand Prix va Saudi Arabian Grand Prix bosqichlari olib tashlanishi mumkin. Bu haqda BBC Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, poygalar yaqin sharqdagi harbiy mojaro sabab o‘tkazilmaydi. Rasmiy qaror joriy hafta oxirigacha e’lon qilinishi kutilmoqda. Yaqin kunlarda yuklarni mintaqaga jo‘natish boshlanishi kerak edi, biroq AQSH va Isroil hamda Eron o‘rtasidagi keskinlik tufayli poygalarni o‘tkazish jamoalar va xodimlar uchun katta xavf tug‘diradi.
Bekor qilingan bosqichlar o‘rniga yangi poygalar qo‘shilmaydi va natijada mavsum taqvimi 22 ta bosqichgacha qisqaradi. Moliyaviy yo‘qotishlar £100 milliondan (taxminan $132 mln) oshishi kutilmoqda. Sababi Bahrain va Saudi Arabistoni Gran-pri o‘tkazish uchun eng yuqori badallardan birini to‘laydigan davlatlar hisoblanadi.
