Scuderia Ferrari haydovchisi Lewis Hamilton Chinese Grand Prix saralashidan keyin jamoasining natijasiga izoh berdi. Britaniyalik pilot saralashda 3-o‘rinni egallab, Mercedes-AMG Petronas Formula One Team haydovchilari — Andrea Kimi Antonelli va George Russelldan ortda qoldi.
“Bugun kuchli shamol bo‘lgani sababli toza aylanishni yig‘ish juda qiyin bo‘ldi. Charles Leclerc yaxshi aylanishlar qildi, ‘Mersedes’ pilotlari ham juda tez. Bu mavsumda ular juda kuchli ko‘rinmoqda.
Sprintdan keyingi tanaffus vaqtida muhandislar a’lo darajada ishlashdi va biz ‘Mersedes’ga biroz yaqinlashishga erishdik. Bu ijobiy signal. Poyga oson bo‘lmaydi, ammo biz undan zavq olishga harakat qilamiz. Sprintdan ko‘p narsani o‘rgandik va umid qilamizki, poyga paytida shamol kamroq bo‘ladi. Asosiy maqsadimiz — qanday bo‘lmasin ‘Mersedes’dan farqni kamaytirish”, — dedi Xemilton.
