58 yoshli mashhur amerikalik podkaster va UFC sharhlovchisi Joe Rogan Oq uyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turnir kardi haqida fikr bildirib, uni himoya qildi.
“Turnir kardi muxlislar kutgan darajada bo‘lmadi — bu aniq. Ular barcha janglar chempionlik kamari uchun bo‘lishini xohlashgan edi. Ammo bilasizmi, matchmeykerlar oldida juda qiyin vazifa turardi. Aynan shu turnir uchun jarohati yo‘q va jangga tayyor bo‘lgan sportchilarni topish juda murakkab.
Bu sportning qattiqligi shundaki, jangchilar doimo jarohat olishadi, mashg‘ulot qilishadi va hatto jarohat bilan ham jang qilishadi. Juda kamdan-kam hollarda kimdir oktagonga to‘liq optimal holatda chiqadi”, — dedi Rogan.
