FC Barcelona prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilindi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

FC Barcelona prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilindi

FC Barcelona klubi rasmiy sayti orqali prezidentlik saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini e’lon qildi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, amaldagi prezident Joan Laporta g‘alaba qozondi. U 68,18% ovoz to‘plab, 32 934 nafar saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Laportaning asosiy raqibi Víctor Font esa 29,78% ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Unga 14 385 kishi ovoz bergan. Shuningdek, 984 ta (2,04%) byulleten bo‘sh holda topshirilgan.

Shu tariqa, Joan Laporta klub prezidenti lavozimiga uchinchi bor saylandi. U avval 2003–2010 yillarda, keyin esa 2021–2026 yillarda klubni boshqargan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Laporta 1-iyuldan boshlab yangi muddatini boshlaydi va 2031-yilgacha kataloniyaliklar klubiga rahbarlik qiladi.