Charles Leclerc «Scuderia Ferrari» tarixida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 081.63 −20.76 EUR 13 837.09 −153.27 RUB 150.44 −2.64

Charles Leclerc «Scuderia Ferrari» tarixida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

«Scuderia Ferrari» jamoasi piloti Charles Leclerc jamoa safida o‘tkazgan Gran-prilar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi. Monakolik poygachi shu ko‘rsatkich bo‘yicha Kimi Räikkönenni ortda qoldirdi.

Endi Leclerc hisobida 152 ta Gran-pri bor. Shu orqali u 151 poyga o‘tkazgan Räikkönenni ortda qoldirdi.

«Ferrari» safida eng ko‘p Gran-pri o‘tkazgan 5 nafar poygachi:
1. Michael Schumacher — 179
2. Charles Leclerc — 152
3. Kimi Räikkönen — 151
4. Felipe Massa — 139
5. Sebastian Vettel — 118

Ma’lumot uchun, Chinese Grand Prix Leclerc uchun «Ferrari» tarkibidagi 152-poyga bo‘ldi. Monakolik ushbu musobaqada to‘rtinchi o‘rinni egalladi va podium uchun kurashda jamoadoshi Lewis Hamiltonga imkoniyatni boy berdi.

Hozirga qadar Charles Leclerc «Ferrari» bilan 8 ta g‘alaba va 51 ta podium qayd etgan.