Pep Guardiola: “Yana tribunaga tushish uchun hakamlarga ko‘proq e’tiroz bildiraman” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 081.63 −20.76 EUR 13 837.09 −153.27 RUB 150.44 −2.64

Pep Guardiola: “Yana tribunaga tushish uchun hakamlarga ko‘proq e’tiroz bildiraman”

Manchester City bosh murabbiyi Pep Guardiola West Ham Unitedga qarshi Premier League uchrashuvidan (1:1) so‘ng o‘yinni tribunadan tomosha qilgani haqida hazil aralash fikr bildirdi.

“U yerdan o‘yinni ko‘rish ideal ekan. Menga tribunada bo‘lish yoqdi. Shuning uchun yana ko‘proq hakamlarga e’tiroz bildiraman, ko‘proq sariq kartochka olib, yana tribunaga tushaman. Keyingi safar uchta o‘yinni o‘tkazib yuborishim mumkin”, — dedi Guardiola.

Uning aytishicha, tribunadan turib o‘yinni kuzatish boshqacha hissiyot beradi va bu paytda yordamchisi Pepijn Lijnders bilan telefon orqali aloqa qilib, o‘yindagi o‘zgarishlarni muhokama qilib turgan.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis ichki ingliz musobaqalarida sariq kartochkalar limiti tufayli ikki o‘yinlik diskvalifikatsiya olgan va “West Ham”ga qarshi o‘yin shu jazodan birinchisi bo‘ldi.