Gvardiola: “11 ga 11 o‘ynaganimizda qanday bo‘lishini ko‘rishni istardim” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 129.01 +37.79 EUR 13 968.98 +124.53 RUB 147.99 −1.17

Gvardiola: “11 ga 11 o‘ynaganimizda qanday bo‘lishini ko‘rishni istardim”

Manchester City bosh murabbiyi Pep Guardiola Real Madrid ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinidagi (1:2) mag‘lubiyatdan so‘ng jamoasining turnirni tark etishiga izoh berdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, umumiy hisob 1:5 bo‘ldi.

“1:5. “Real”ni tabriklayman. Raqib foydasiga 4:0 bo‘lgan paytda va maydondagi tarkiblar teng bo‘lmaganda imkoniyat deyarli qolmadi. Men o‘yinning 11 ga 11 davom etganida qanday kechishini ko‘rishni istardim. Birinchi o‘yin qarama-qarshilik taqdirini hal qilib qo‘ydi”, — dedi Gvardiola.

Murabbiyning aytishicha, jamoada Chempionlar ligasida ilk bor o‘ynayotgan futbolchilar ko‘p bo‘lsa ham, “Manchester Siti” o‘yinning ayrim daqiqalarida yaxshi harakat qilgan.