Islam Makhachev Dustin Poirier ning UFC 302 turniridagi jang kuni vazn haqida aytgan so‘zlariga munosabat bildirdi.
Avvalroq Porye Mahachev jang kuni undan 7–8 kg og‘irroq, ya’ni taxminan 86–87 kg bo‘lganini aytgandi. Bunga javoban rossiyalik jangchi Telegram’da qisqa izoh qoldirdi:
“Maksimum 80 kg, bundan ko‘p bo‘lmaganman”, — deb yozdi Mahachev.
Hozirda Islam Makhachev UFC’da 16 ta g‘alabadan iborat seriya qayd etmoqda. Uning umumiy rekordi — 28 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat.
So‘nggi jangida u UFC 322 turnirida avstraliyalik Jack Della Maddalena bilan to‘qnash kelib, hakamlardan bir ovozdan ustun kelgan. Jangda UFC ning yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamari o‘rtaga qo‘yilgan edi.
