Bayer 04 Leverkusen bosh murabbiyi Kasper Hjulmand Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida Arsenal ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
Uchrashuvda londonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning chorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Yulmannning aytishicha, jamoa ayniqsa birinchi bo‘limda hujumlarni tashkil etishda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygan.
“Birinchi bo‘limda hujumlarni qurishda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. ‘Arsenal’ bizga kuchli bosim o‘tkazdi, lekin standart vaziyatlardan tashqari ularga ko‘p imkoniyat bermadik. Keyin esa Eberechi Eze fantastik gol urdi. Shunga qaramay, bu mavsumda erishgan natijalarimiz bilan faxrlanishimiz mumkin. Biz o‘zimiz bilan Yevropaning eng kuchli jamoalari o‘rtasidagi farqni ko‘ryapmiz va shu elitaga kirishga intilamiz. Yana qaytib, yana kurashishga harakat qilamiz. Bu bizning asosiy maqsadimiz”, — dedi mutaxassis.
