Arman Tsarukyan UFC yangilangan P4P (vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli jangchilar) reytingida yana top-15 talikka qaytdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Yengil vazn toifasida ikkinchi o‘rinda turuvchi Tsarukyan 15-pog‘onani egalladi va shu orqali amerikalik Max Hollowayni reytingdan siqib chiqardi. Xollouey so‘nggi jangida braziliyalik Charles Oliveiraga mag‘lub bo‘lgan edi.
O‘z navbatida, “Du Bronx” laqabi bilan tanilgan Charles Oliveira g‘alabadan keyin P4P reytingida 11-o‘ringa ko‘tarildi.
Shuningdek, rossiyalik Tagir Ulanbekov eng yengil vazn (flyweight) reytingida bir pog‘ona pastlab, 14-o‘ringa tushdi.
