Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Konferensiya davomida assotsiatsiya rahbariyati qayta shakllantirilib, yaqin davr uchun ustuvor rejalar muhokama qilindi. Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatovning mamlakat voleybol federatsiyasi rahbari sifatidagi muvaffaqiyatli faoliyati inobatga olinib, uning nomzodi O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi raisi lavozimiga ilgari surildi. Nomzodlar ushbu taklifni bir ovozdan ma’qullashdi va Aziz Anvarovich O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, assotsiatsiya raisining o‘rinbosarlari, bosh kotib va ijrochi direktorlari ham saylanib, rahbariyat tarkibi to‘liq shakllantirib olindi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.