Iga Svyontek Wuhan Open 1/4 finalida! - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Iga Svyontek Wuhan Open 1/4 finalida!

Dunyoning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek Xitoyning Uxan shahrida davom etayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli tennis turnirining 1/4 final ishtirokchisiga aylandi.

Polshalik tennis malikasi 1/8 finalda WTA reytingida 15-o’rinda borayotgan shveycariyalik Belinda Benchichni mag’lubiyatga uchratdi – 7/6(2), 6/4. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob Iga foydasiga yanada yiriklashdi – 5:1.

Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 8, Benchich 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo’shxatolar ikkala tennischida ham bir xilda bo’ldi – 2 tadan. Breyklar bo’yicha Svyontek ustunlikka ega – 4 ga 3. Endi polshalik tennischi Wuhan Open 1/2 final chiptasi uchun italiyalik Jasmin Paoliniga qarshi kortga chiqadi.

Manba : gotennis