SHin SHarm El-SHeyxda reytingda o'zidan 365 pog'ona yuqoridagi raqib sinovidan o'tdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

SHin SHarm El-SHeyxda reytingda o’zidan 365 pog’ona yuqoridagi raqib sinovidan o’tdi

Misrning SHarm El-SHeyx shahrida tennis bo’yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo’lib o’tmoqda.

Sharm ElSheikh 12 musobaqasida hamyurtimiz Maksim SHin ham ishtirok etdi. Mamlakatimizning uchinchi raketkasi 1/16 finalda hindistonlik Muthu Aditiya Sentilkumarni 6/4, 6/2 hisobida mag’lubiyatga uchratgandi.

Afsuski, ATP reytingida 1018-pog’onada borayotgan terma jamoamiz azosi 1/8 finalda slovakiyalik Mixal Kraychiga 4/6, 0/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi. Turnirda 6-raqam ostida tasniflangan Kraychi ayni paytda ATP reytingining 653-pog’onasidan joy olgan.