O'zbekistonda ilk bor o'tkazilgan voleybol bo'yicha U-19 Jahon chempionati yakunlandi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

O’zbekistonda ilk bor o’tkazilgan voleybol bo’yicha U-19 Jahon chempionati yakunlandi

24 iyul kuni Toshkentda start olgan va dunyoning eng kuchli jamoalarini bir maydonga to’plagan voleybol bo’yicha yigitlar o’rtasidagi U-19 Jahon chempionati kecha o’z yakuniga etdi.

So’nggi kunning final bahsida amaldagi chempion Franciya terma jamoasi Polshani 3:1 hisobida mag’lub etib, yana bir karra jahon chempionligini qo’lga kiritdi. Bronza medali uchun kechgan murosasiz o’yinda esa Ispaniya terma jamoasi Eron ustidan 3:2 hisobida g’alaba qozondi.

CHempionatning taqdirlash marosimida O’zbekiston voleybol federaciyasi, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo’mitasi rahbariyati azolari ham ishtirok etib, g’olib va sovrindorlarni tabrikladi hamda musobaqa yuksak saviyada o’tganini takidladi.