Zidan o‘zi uchun eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi. Bu qiziqmi? - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Zidan o‘zi uchun eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi. Bu qiziqmi?

“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi, shuningdek, fransiyalik sobiq futbolchi Zinedin Zidan barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi deya qaysi o‘yinchini tan olishini aytdi. Bu haqda mutaxassis ESPN nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Agar barcha zamonlarning eng buyuk o‘yinchisini tanlash kerak bo‘lsa, men braziliyalik Ronaldoni tanlar edim. Uning maydondagi harakatlari ajoyib edi. U raqibiga: “Hozir fint qilaman” der va shunday qilardi” dedi Zidan suhbat davomida.

Futbolchilik faoliyati davomida Ronaldo “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real Madrid”, “Milan” va “Korintians” kabi klublarda to‘p tepgan. U eng ko‘p o‘yinni “qirollik klubi” safida o‘tkazgan – 177 ta. Bu o‘yinlarda Ronaldo 104 ta gol urgan. Braziliya terma jamoasi safida sobiq hujumchi 99 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol urgan va 32 ta golli uzatma bergan.