Tennis tarixidagi eng chiroyli zarba 10 yoshda - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Tennis tarixidagi eng chiroyli zarba 10 yoshda

Benua Per o‘zining eng iste’dodli, ammo potensialini to‘liq ochmagan tennischi sifatida tanilgan. U diqqatini jamlaganida, jismoniy tayyorgarlikka e’tibor berganida va ichki muammolarini yengganida, to‘pni ajoyib boshqarar edi.

Biroq bunday holat kam uchraydi. Per besh yil oldin shunday yozgan edi:

«Tennis men uchun doim o‘yin. Tasodifan u mening ishim bo‘lib qoldi. Men o‘ynayman, avvalo kortda zavq olish va tomoshabinlarga quvonch ulashish uchun. Mening uslubim shunga mos. Men aqldan ozdiradigan zarbalardan va tomoshabinlar reaksiyasidan rohatlanaman.

“Katta dubulg‘a”da g‘alaba meni rag‘batlantirmagan. Men top-30da qolib, hayotdan zavq olishni afzal ko‘raman. Golf o‘ynab, spirtli ichimlik ichib, xohlaganimcha yashayman, reyting birinchi o‘rniga hamma narsani qurbon qilmayman».

Shuning uchun Per faoliyatini tugatganda, undan tarixda kam narsa qoladi. Ammo abadiylikka da’vogar bitta zarba bor – 2015 yilda Parij “Masters”da Jil Simonga qarshi shu zarbasi.

Per to‘pni shunday kesib yubordiki, u o‘z boshiga tegmasligi uchun ham harakat qilishi kerak bo‘ldi.

Aqldan ozdiradigan aylanma tufayli traektoriya juda chiroyli chiqdi.

Operatorlik ish esa bu zarbaga yanada ko‘rk qo‘shdi.

10 yil o‘tib, 36 yoshli Per hali ham turda – kokteyl bilan plyajda emas. Bu mavsumda u 23 o‘yindan atigi 7tasida g‘alaba qozondi. Reytingda top-600ga kirmaydi.