Ronaldu qachon faoliyatini tugatishini aytdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Ronaldu qachon faoliyatini tugatishini aytdi

Portugaliya va “Al-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu Pirs Morganga bergan intervyusida yaqin kelajakda faoliyatini tugatishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. 40 yoshli futbolchi tarixdagi eng muvaffaqiyatli futbolchilardan biri bo‘lsa-da, faoliyatining oxiri yaqinlashayotganini tan oldi.

“Tez orada. O‘ylaymanki, men bunga tayyor bo‘laman. Albatta, qiyin bo‘ladi, balki yig‘layman ham, lekin shuni bilamanki, bu juda qiyin bo‘ladi”, deydi Ronaldu faoliyatini qachon yakunlash haqida savolga javoban.

Ronaldu futbolni tark etgach ham oilasiga va boshqa qiziqishlariga vaqt ajratishni rejalashtirganini aytdi:

“Men Krishtianu Junior bilan vaqt o‘tkazmoqchiman, chunki u bolalikda ahmoqona ishlarni qiladi. Mateo ham futbolni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, eng yaqin do‘stlarim bilan padel o‘ynayman”, deydi u.

Ronaldu “Manchester Yunayted” muxlislariga jamoa natijalari bo‘yicha haqiqiy mo‘’jizalarni kutmasliklarini aytib, klubning hali ham o‘zgarishga muhtoj ekanini ta’kidladi.

“Ular yaxshi yo‘lda emas. Bu faqat murabbiy va futbolchilar masalasi emas”, deya qo‘shimcha qiladi Ronaldu.