Timur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi murabbiylar shtabini tark etdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Timur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi murabbiylar shtabini tark etdi

O‘FA u o‘z faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabini tark etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kapadze o‘z faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish istagini bildirib, O‘FA rahbariyatiga lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan.

Mutaxassisga boshqa klubdan taklif tushgani va u bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritish niyatida ekani bois, O‘FA rahbariyati Kapadzening qarorini hurmat bilan qabul qilgan.

Assotsiatsiya o‘z bayonotida Temur Kapadzening o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etib, unga samimiy minnatdorlik bildirgan va kelgusi murabbiylik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Manbalarga ko‘ra, ushbu mutaxassisga Superliga jamoalaridan, shuningdek, xorijdan takliflar bor.

Ma’lumot uchun, yaqin o‘tmishda O‘zbekiston milliy jamoasida futbolchi sifatida o‘ynagan Temur Kapadze 2018 yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan, bir muddat milliy jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan, keyinroq Toshkentning «Lokomotiv» klubini boshqargan, 2019-2021 yillarda O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovga yordamchilik qilgan, shu bilan bir vaqtda, 2020-2024 yillarda O‘zbekiston yoshlar jamoasiga bosh murabbiy bo‘lgan, ushbu jamoa bilan tarixda ilk bor Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.