Levandovski Madrid superklubiga o‘tib ketishi mumkin - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Levandovski Madrid superklubiga o‘tib ketishi mumkin

“Barselona” blan amaldagi shartnomasi yakunlanib borayotgan 37 yoshli Robert Levandovskida faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Kataloniya klubi rahbariyati polshalik o‘yinchiga yangi shartnomani taklif qilmaydi. Robert o‘ziga yangi jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.

Levandovskiga Madridning “Atletiko” jamoasi qiziqyapti. Jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone polshalik forvardning jangovar ruhini va taktik tuzilmani buzmasdan darhol natijalarga erishish qobiliyatini qadrlaydi.

“Atletiko”ning sport direktori uning shartnomaviy holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Madridliklarning fikricha, uni erkin agent sifatida imzolash David Vilya va Luis Suares bilan tuzilgan kelishuvlarga o‘xshash bo‘ladi.

Polshadagi manbalar Levandovski Ispaniyadagi faoliyatini davom ettirish uchun mo‘’tadilroq maoshga rozi bo‘lishi mumkinligini va mana shu omilni hisobga olgan holda, “Atletiko Madrid”ning transferni amalga oshirish ehtimoli yuqori ekanini ta’kidlamoqda.