Bugun Javohir Sindarov final tay-breykida o'ynaydi - barchasi bugun hal bo'ladi! - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Bugun Javohir Sindarov final tay-breykida o’ynaydi – barchasi bugun hal bo’ladi!

Hindistonda o’tkazilayotgan shaxmat bo’yicha Jahon kubogi o’z yakuniga etib bormoqda.

Ushbu musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov finalga etib kelgani va xitoylik Vey Yiga qarshi dona surayotgani haqida xabar bergandik. Ikki asosiy partiya yakuniga ko’ra, hozirda hisob 1:1 ko’rinishiga kelgan. Dastlabki ikki partiyada tomonlar durang qayd etishdi.

Endi g’olib bugun tay-breykda aniqlanadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:30da boshlanadi. Final uchrashuvi natijasidan qati nazar, har ikki grossmeyster Jahon toji uchun kechadigan Davogarlar turniriga yo’llanmani qo’lga kiritib ulgurgan.