Javohir Sindarov - Jahon kubogi g'olibi! - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Javohir Sindarov – Jahon kubogi g’olibi!

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo’yicha Jahon kubogi o’z yakuniga etdi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 200 nafardan ortiq shaxmatchi bosh sovrin uchun kurash olib bordi.

Hamyurtimiz Javohir Sindarov bellashuvlarning finaliga qadar etib keldi. Hal qiluvchi bahsda Sindarovga xitoylik Vey Yi raqiblik qildi.

Mazkur qarama-qarshilikning dastlabki ikki partiyasi durang bilan yakunlangandi. Yakunda bugun g’olib tay-breykda aniqlandi.

Tay-breyk yakuniga ko’ra, Javohir Sindarov 1,5 : 0,5 hisoblarida g’alaba qozondi va Jahon kubogi g’olibiga aylandi.

Malumot uchun, Javohir Sindarov mazkur musobaqa davomida Nikita Petrov (CHernogoriya), Nikolas Teodoru (Greciya), YU Yangyi (Xitoy), Fredrik Svane (Germaniya), Xose Martines Alkantara (Meksika), Nodirbek Yakubboev (O’zbekiston) kabi shaxmatchilarni engib, finalga qadar etib keldi.

Ushbu muvaffaqiyat orqali Javohir Sindarov 120 ming AQSH dollariga ega bo’ldi.

Endi hamyurtimiz kelasi yili mart oyida Kiprda o’tkaziladigan nomzodlar turnirida ishtirok etadi.