Yilning eng yaxshi futbolchisi nomzodlari e’lon qilindi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Yilning eng yaxshi futbolchisi nomzodlari e’lon qilindi

2025 yil Globe Soccer Awards doirasida “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrini uchun yakuniy nomzodlar ro‘yxati ma’lum qilindi. Bu haqda tashkilot o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi.

Yakuniy nomzodlar ro‘yxatida PSJ hujumchilari Usmon Dembele, “Real Madrid” vakili Kilian Mbappe va “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal o‘rin egallagan.

Globe Soccer Awards bosh mukofoti uchun to‘liq nomzodlar ro‘yxati quyidagicha:

  • PSJ: Usmon Dembele, Dezire Due, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendesh, Vitinya;
  • “Manchester Siti”: Erling Holand;
  • “Liverpul”: Muhammad Saloh;
  • “Real Madrid”: Vinisius Junior, Kilian Mbappe;
  • “Barselona” : Robert Levandovskiy, Lamin Yamal, Pedri va Rafinya;
  • “Chelsi”: Koul Palmer.

Shuningdek, Globe Soccer Awards Yaqin Sharqdagi “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrini uchun ham nomzodlarni e’lon qildi. Ular orasida Krishtianu Ronaldu (“Al-Nasr”), Karim Benzema (“Al-Ittihod”), Riyod Mahrez (“Al-Ahli”) va Salem Al-Dousari (“Al-Hilol”) bor.

“Eng yaxshi yosh futbolchi” sovrini uchun Eless Ben Segir (“Bayer”), Pau Kubarsi (“Barselona”), Arda Gyuler (“Real Madrid”), Kenan Yildiz (“Yuventus”), Dezire Due va Joau Nevesh (PSJ) nomzodlari ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari “Yilning eng yaxshi murabbiy” sovrini uchun Xabi Alonso (“Real Madrid”), Mikel Arteta (“Arsenal”), Luis Enrike (PSJ), Xansi Flik (“Barselona”), Enso Mareska (“Chelsi”) va Arne Slot (“Liverpul”) da’vogarlarik qilmoqda.

Taqdirlash marosimi joriy yilning 28 dekabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tadi.