Dunyoning yetakchi MMA ligasi — UFC Vegas 112 turniridan so‘ng rasmiy reytingini yangiladi. Yangilangan ro‘yxatda erkaklar o‘rtasidagi o‘ta engil vazn (flyweight) toifasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi.
Turnirning markaziy jangida oktagonga chiqqan portugaliyalik Manel Keyp AQSH vakili, reytingda ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Brendon Royvalni muddatidan avval mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Keyp ikki pog‘ona yuqorilab, Royval bilan o‘rin almashdi.
Shuningdek, meksikalik sobiq chempion Brendon Moreno va iroqlik jangchi Amir Albazi ham bir pog‘onadan pastlab, mos ravishda beshinchi va oltinchi o‘rinlarga tushib ketdi.
Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida hamyurtimiz Ramazon Temirov ham faoliyat olib boradi. Ayni paytda u diskvalifikatsiya muddatini o‘tamoqda.
