Ayol tennischilar assotsiatsiyasi (WTA) 2025 yilgi mavsum yakunlarini sarhisob qilishni davom ettirmoqda. Tashkilot tomonidan yilning eng nufuzli mukofotlaridan biri — “Yilning eng yaxshi tennischisi” sovrini o‘z egasini topdi.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, ushbu unvonga dunyoning amaldagi birinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenko sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, Sobolenko ketma-ket ikkinchi marta yilning eng yaxshi tennischisi deb topildi.
“Katta dubulg‘a” turkumidagi turnirlarning to‘rt karra chempioni bo‘lgan Arina Sobolenko WTA Player Awards doirasida “Yilning eng yaxshi tennischisi” nominatsiyasida g‘olib chiqdi. G‘olib xalqaro tennis ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan aniqlangan.
Mazkur nominatsiya uchun kurashda Sobolenkoga:
- polshalik Iga Shvyontek,
- amerikalik Amanda Anisimova, Koko Goff va Medison Kiz,
- Qozog‘iston vakilasi Elena Ribakina raqobat ko‘rsatdi.
Ma’lumot uchun, 2025 yilgi mavsum davomida Arina Sobolenko:
- US Open turnirida,
- Mayami va Madriddagi WTA 1000 musobaqalarida,
- Brisbendagi WTA 500 turnirida g‘olib bo‘ldi.
Shuningdek, u Avstraliya Ochiq chempionati, Rolan Garros hamda WTA Yakuniy turniri finaligacha yetib bordi.
