Rossiyalik 34 yoshli UFC jangchisi Rinat Fakhretdinov bilan promo ush en shartnomani uzaytirmadi. Tataristonlik “Gladiator” yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilgan va UFC ro‘yxatidan chiqarildi.
Fakhretdinov UFCda 7 ta jang o‘tkazib, 6 g‘alaba va 1 durang qayd etgan. Umuman olganda, uning professional MMA faoliyatida 26 jang: 24 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat bor. So‘nggi uch jangida u g‘alaba qozongan.
Oxirgi jangini u 2025-yil sentyabrida o‘tkazib, shved Andreas Gustafssonni birinchi raundda nokautga uchratgan.
Eslatib o‘tamiz, UFC 308 turnirida Fakhretdinov Nursulton Ro‘ziboyevga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq raqibning jarohati sabab jang bekor bo‘lgan.
